V Xalqaro asal festivali
2026-10-23 / Voqealar taqvimi
2026-yilning 23–25-oktyabr kunlari Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida V Xalqaro asal festivali bo‘lib o‘tadi.

Mazkur xalqaro tadbir asalarichilik sohasida o‘zaro tajriba almashish, mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish, ishbilarmonlik hamkorligini mustahkamlash hamda Namangan viloyatining turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan.
Uch kun davom etadigan festivalda mahalliy va xorijiy asal yetishtiruvchilar, tadbirkorlar, xalqaro ekspertlar hamda soha mutaxassislarining ishtiroki rejalashtirilgan.