9-«Ipak yo‘li» Xitoy mahsulotlari ko‘rgazmasi
2026-09-02 / Voqealar taqvimi

2–4-sentyabr
Central Asia Exhibition Center (CAEx)
Ko‘rgazmada 200ga yaqin Xitoy korxonalari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ko‘rgazma doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlari yaratiladi:
- aqlli ishlab chiqarish va raqamli texnologiyalar;
- yashil energetika va energiya tejamkorligi;
- qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi texnikasi;
- qurilish materiallari va muhandislik texnikasi;
- tibbiy asbob-uskunalar va sog‘liqni saqlash;
- avtomobil ehtiyot qismlari;
- yengil sanoat, to‘qimachilik va iste’mol tovarlari.
Tadbir doirasida B2B uchrashuvlar, sanoat forumlari va sohaviy taqdimotlar ham tashkil etiladi.