“Boysun bahori” festivaliga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda
2026-04-24 10:35:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida Surxondaryo viloyati hokimining tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Faxriddin Mengliyev, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Xidirova, Boysun tumani hokimi Boxadir Shukurov hamda tumanlardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.
Turizm majmuasida har bir tuman tomonidan tayyorlanayotgan qo‘rg‘onlarda amalga oshirilayotgan ishlar namoyish etildi. Mazkur festivalda xotin-qizlarning faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etib, ular tomonidan yaratilayotgan milliy hunarmandchilik namunalari, amaliy bezaklar va ijodiy ishlar majmuaga o‘ziga xos ko‘rk bag‘ishlamoqda.
Tayyorgarlik ishlarini yanada takomillashtirish, mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda milliy an’analarimizni munosib namoyon etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

