DAVLAT XARIDLARIDA SHAFFOFLIK VA SAMARADORLIK SARI MUHIM QADAM
2026-10-26 00:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan davlat buyurtmachilari, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi vakillari, Toshkent shahar G‘aznachilik xizmati boshqarmasi mas’ullari, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining mas’ul mutaxassislari hamda maxsus axborot portali operatorlari ishtirok etdi. Seminarga jami 250 nafarga yaqin mutaxassis va mas’ul xodim jalb qilindi.
Seminarning asosiy maqsadi davlat xaridlari jarayonida shaffoflikni ta’minlash, xarid qilinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar qiymatini baholashning yangi tizimi mazmun-mohiyatini tushuntirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda yagona amaliy yondashuvni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida mas’ul mutaxassislar tomonidan yangi tizimning mazmuni, uni amaliyotga tatbiq etish tartibi hamda davlat buyurtmachilari oldida turgan muhim vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Seminar ochiq muloqot va savol-javoblar tarzida davom etib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar berish hamda takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mutaxassislar tomonidan bildirilgan savollarga atroflicha javoblar berildi, amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan ilgari surilgan takliflar o‘rganib chiqilib, ularni kelgusida amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun tegishli mas’ullarga taqdim etildi.
Mazkur o‘quv seminari davlat xaridlarida ochiqlik va shaffoflikni yanada mustahkamlash, mablag‘lardan oqilona foydalanish, xaridlar qiymatini asosli belgilash hamda davlat buyurtmachilarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.




