Oʻzbekiston va Koreya hamkorlik uchrashuvi davom etmoqda
2026-04-09 00:00:00 / Yangiliklar

Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi A.Xaydarov Koreya iqtisodiyot va moliya vazirligi Budjet va buxgalteriya hisobi tizimlarini innovatsiya qilish byurosi rahbari (Bosh direktor oʻrinbosari) Yun Jong Shik (Yoon, Jeong Shik) bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar davlat moliyasini samarali boshqarish tizimini takomillashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Xususan, budjet jarayonlarini raqamlashtirish va avtomatlashtirish orqali ularning samaradorligini oshirish, inson omilini kamaytirish hamda qaror qabul qilish jarayonlarining tezkorligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, moliyaviy operatsiyalarning shaffofligi va hisobdorligini kuchaytirish, davlat moliyasi ustidan jamoatchilik va institutsional nazoratni takomillashtirish, maʼlumotlarning ochiqligi va ishonchliligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va Koreya fiskal axborot xizmati oʻrtasida davlat moliyasini boshqarish axborot tizimlarini rivojlantirish, tajriba almashish va institutsional hamkorlikni kengaytirish uchun oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat ikki mamlakat oʻrtasida qoʻshma loyihalarni, ilgʻor tajribalarni amalga oshirish va joriy etish uchun mustahkam huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.
Shu bilan birga, memorandum doirasida ilgʻor tajribalar almashish, axborot tizimlarini integratsiya qilish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda innovatsion yechimlarni joriy etish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish nazarda tutilgan.
Tashrif davomida Koreya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy sunʼiy intellekt strategiyasi boʻyicha kengash va Koreya Milliy axborot jamiyati agentligi (National Information Sociyety Agency) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu muloqot doirasida delegatsiya aʼzolariga Koreya Respublikasida davlat boshqaruvida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, raqamli transformatsiya va innovatsion boshqaruv yechimlari yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, davlat moliyasini boshqarishda zamonaviy raqamli platformalarni joriy etish, maʼlumotlar asosida qaror qabul qilish mexanizmlarini takomillashtirish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish boʻyicha erishilgan natijalar haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Taqdim etilgan maʼlumotlar doirasida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va uni milliy amaliyotga moslashtirgan holda joriy etishning ahamiyati alohida taʼkidlandi.