Aholi salomatligini muhofaza qilish hamda millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan himoya qilish
2026-03-12 00:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoniga muvofiq, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan himoya qilish borasida respublikamizda keng ko‘lamli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ushbu masalaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, yoshlarni zararli odatlardan asrash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda giyohvandlikka qarshi murosasiz kurash olib borish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
Farmon ijrosi doirasida respublika miqyosida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
- giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar tizimli ravishda kuchaytirilmoqda;
- ta’lim muassasalari, mahallalar va mehnat jamoalarida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan narkojinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligi oshirilmoqda;
- davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda;
- aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda
Shuningdek, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish orqali ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish choralari ko‘rilmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda giyohvandlik va narkojinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi salomatligini mustahkamlash hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash borasida barcha zarur choralar izchil amalga oshirilmoqda.
Kelgusida ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilib, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish, aholini zararli illatlardan himoya qilish va xavfsiz hayotni ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.



