Ochiq muloqot va amaliy yechimlar: fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
2026-10-16 13:10:00 / Yangiliklar
Ochiq muloqot va amaliy yechimlar: fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Ochiq muloqot va amaliy yechimlar: fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Bugun G‘ozg‘on shahridagi "Shayxon" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida shahar hokimi Nurali Jo’rayev rahbarligida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor va shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Unda mahalla ahli tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglandi. Qabul davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ullarga vazifalar belgilandi.
Murojaatlarning har biri atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni qonuniy asosda hal etish, ijrosini ta’minlash hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. Sayyor qabul davomida ko‘tarilgan masalalar shahar hokimligi tomonidan nazoratga olindi.








