“YASHIL MAKON” DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
2026-10-15 18:10:00 / Yangiliklar

“YASHIL MAKON” DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev hamda tegishli mas’ullar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumda ko‘chat ekish ishlari amalga oshiriladigan hududlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida hududlarning holati, ko‘chat ekish uchun belgilangan joylarning tayyorgarligi va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yaylovlardan samarali foydalanish, chorva mollari uchun ozuqabop ekinlar ekish hamda ozuqa bazasini mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi.
Yakunda mas’ullarga hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, ko‘chatlarni ekish va parvarishlash, shuningdek, yaylovlarda ozuqabop ekinlar yetishtirish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.




