Majlislar
2026-08-10 15:25:00 / Majlislar

Shaharda muhim vazifalar muhokama qilindi
Bugun G‘ozg‘on shahar hokimligi binosining majlislar zalida shahar hokimi Nurali Jo‘rayev rahbarligida tegishli mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda shaharning iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarning holati tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan shaharda bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, hududlarni bayramona bezatish, obodonlashtirish hamda tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglanib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.




