Yangiliklar
2026-07-06 14:25:00 / Yangiliklar
Marmarobod MFYda yangi mahalla binosi qurilishi o‘rganildi

Marmarobod MFYda yangi mahalla binosi qurilishi o‘rganildi
G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev, shahar prokurori Sh. G’afforov hamda tegishli mas’ullar "Marmarobod" MFY hududida barpo etilayotgan yangi mahalla binosining qurilish jarayoni bilan tanishdilar.
O‘rganish davomida olib borilayotgan qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga ishlarni yanada jadallashtirish va sifatni yuqori darajada ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Mazkur mahalla binosi foydalanishga topshirilgach, aholi uchun qulay va zamonaviy xizmat ko‘rsatish maskaniga aylanishi kutilmoqda.




