Majlislar
2026-07-06 09:20:00 / Majlislar

#APPARAT_YIGʼILISHI
Bugun G’ozg’on shahar hokimi Nurali Jo'rayev rahbarligida navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda:
Ijro intizomini mustahkamlash,
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga asosan, xizmatlar sohasiga turtki beruvchi loyihalar,
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish, xususan Davlat Rahbarining 2026yil 24-iyundagi "Saraton kasalliklarining oldini olish, erta aniqlashva davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-238-son qarori ijrosini tashkil qilish,
Davlat Rahbari huzurida 2026 yil 7-aprel kuni Sport bo'yicha o'tkazilgan yig'ilishda berilgan topshiriqlar, xususan viloyat, shahar, tuman hokimi olimpiadalari yakunlari hamda Prezident olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha,
Aholi va tadbirkorlarga ajratilgan muammoli kreditlarni undirish (NPL) bo'yicha olib borilayotgan ishlar hamda boshqa masalalar.
Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni aniq muddatlarda bajarish bo‘yicha topshiriqlar berildi.




