Yangiliklar
2026-06-10 15:05:00 / Yangiliklar
G‘ozg‘onda zamonaviy Dehqon bozori bunyod etilmoqda

G‘ozg‘onda zamonaviy Dehqon bozori bunyod etilmoqda
Ayni paytda G‘ozg‘on shahar "Tumar" mahallasida barpo etilayotgan yangi Dehqon bozori qurilishi jarayoni jadal suratlarda davom etmoqda. Savdo do‘konlarining tashqi qismiga mahalliy xomashyo hisoblangan tabiiy marmardan foydalanilmoqda.
Qurilish ishlari shahar hokimi Nurali Jo‘rayev tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, obyektni zamonaviy va qulay ko‘rinishda barpo etish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, yangi Dehqon bozori hududida jami 34 ta savdo do‘koni qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur bozor foydalanishga topshirilgach, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda tadbirkorlar uchun qulay savdo sharoitlari yaratishga xizmat qiladi.




