Avtotransportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari xavfsiz hududga ko‘chiriladi
2025-11-01 18:00:00 / Yangiliklar

2026-yil 1-martga qadar shohobchalarda o‘tkazilgan hatlov natijalaridan kelib chiqib, ularning faoliyatini belgilangan minimal talablarga muvofiqlashtirsin;
2026-yil 1-aprelga qadar fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan, jamoat xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish, sanoat va yong‘in xavfsizligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga, jumladan muhofaza zonalari talablariga javob bermaydigan shohobchalarni xavfsiz hududlarga ko‘chirish choralarini ko‘rsin.
Bunda:
shohobchalarni ko‘chirish yoki buzish bilan bog‘liq xarajatlar qonunchilikda belgilangan tartibda kompensatsiya qilinadi;
ko‘chiriladigan shohobchalar uchun yer maydonlari infratuzilmalarga ega bo‘lgan hududlardan ajratib beriladi;
shohobchalar o‘z faoliyat turini o‘zgartirish istagini bildirgan taqdirda, ularga shohobcha joylashgan hududda qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa faoliyat turi bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi;
avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shohobchalari xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda ularga istisno tariqasida mavjud infratuzilmalarga (gaz tarmoqlari, elektr energiyasi va boshqalar) ulanadigan texnik shartlar beriladi;
shohobchalar joylashgan hududlar himoya maydonlari atrofida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lmagan boshqa obyektlar qurilishi uchun yer maydonlari ajratilishi qat’iyan taqiqlanadi.
