YUNESKOning 43-sessiyasi Samarqand shahri mezbonlik qilmoqda
2025-10-30 14:00:00 / Yangiliklar

Sharafli va mas’uliyatli jarayonlarda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqdalar. Aynı paytda, o‘ndan ortiq qo‘mita xodimlari sessiyaning tinch va osoyishta o‘tishini ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shishmoqdalar. Jumladan, sessiya tadbirlari o‘tkazilayotgan bino, muassasalar, mehmonxonalarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qo‘mita tomonidan o‘rnatilgan tartibda binolardagi barcha lift qurilmalari, eskalatorlar, kirish va chiqish hududlardagi maxsus rentgen qurilmalarining barqaror va soz holda ishlashini ta’minlashda hamda sessiya doirasida tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarga hamrohlik qilish va sessiya tadbirlari tavsiflarini keng yoritish bo‘yicha tajribali xodimlari ushbu jarayonga safarbar qilindi. Tadbir joriy yilning 14-noyabriga qadar davom etadi.









