YANGI QONUN — YANGI VAZIFALAR
2025-10-29 09:00:00 / Yangiliklar

Ayni paytda, ushbu Qonun bilan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga favqulodda vaziyatlarning oldini olishga va ularni bartaraf etishga vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlardan muhofaza qilish bo‘yicha vazifalarini, shuningdek favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararning baholanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, Qonunning 50²-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga doir asosiy vazifalari belgilab berildi.
Unga ko‘ra, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-
favqulodda vaziyat zonasida va yaqin hududdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazorat o‘rnatish;
-
xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida yonish va portlash xavfi yuqori bo‘lgan kimyoviy moddalar (mahsulotlar) bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda sanoat xavfsizligiga rioya qilinishini ta’minlash.
