JORIY YILNING 9 OYIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
2025-10-24 20:00:00 / Yangiliklar

Qarorga muvofiq qo‘mita faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda liftlar va istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshirish vazifalari belgilandi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining boshqarma, hududiy boshqarma (bo‘lim) hamda bo‘ysunuvdagi xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning 2025 yil III-choragi davomida nazorat ostidagi ob’ektlarda profilaktika tadbirlari belgilangan 5 200 tadan 17 532 taga, nazorat ostidagi korxona va tashkilotlar xodimlarining sanoat xavfsizligi, mehnat va texnika xavfsizligiga oid qonun hujjatlari talablari bo‘yicha bilimlarini tekshirishda belgilangan 6 530 tadan 9 766 taga, Vazirlar Mahkamasining 80-sonli va 86-sonli qarorlariga muvofiq Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash hamda ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berilishi 100 foyizga bajarilgan, nazorat ostidagi ob’ektlar va texnik qurilmalarni ro‘yxatga olish belgilangan 2570 tadan 3362 taga yaniy 131 foizga bajarilgan. Qo‘mitaning hududiy tuzilmalari tomonidan 2025 yilning
9 oy moboynida amalga oshirilgan Davlat nazorati ishlari taxlili. 2025 yil 9 oy davomida qo‘mitaning hududiy boshqarma va bo‘limlari tomonidan Respublika bo‘yicha jami 1 063 ta Davlat nazorati (tekshiruv) tadbirlari amalga oshirildi, amalga oshirilgan tekshiruv tadbirlari davomida 14 428 ta me’yoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlanib 988 ta rahbar va tashkilot xodimlariga nisbatan jarimaga tortish orqali jami 973,4 mln.so‘m miqdorida ma’muriy javobgarlik jazosi qo‘llanildi, 2025 yil 9 oktabr xolatiga jami 353,0 mln. so‘m miqdorida 669 ta jarimalar raxbar va tashkilot xodimlaridan undirildi, 9 oy davomida qo‘mitaning nazorat ostidagi korxonalarida 23 ta baxtsiz hodisa hamda 3 ta avariyalar sodir bo‘lib, avriyalar oqibatida jami 1,5 mlrd. so‘mdan ortiq miqdorda moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi. Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga asosan Respublika ishchi guruhida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi xodimlari 14 ta hududdagi 6350 ta yoqilg‘i quyish stansiyalari, saqlash va tarqatish inshootlari va savdo shahobchalarida (o‘rganish) xatlovdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirgan, o‘rganish natijasida Sanoat xavfsizligiga doir jami 26 359 ta me’yoriy hujjatlar talablari buzilganligi aniqlanib, xavf darajasi yuqori bo‘lgan 600 ta shoxobchaning faoliyati Respublika ishchi guruhi bilan birgalikda vaqtincha to‘xtatilgan, 2025 yil oktabr xolatiga ko‘ra qo‘mitaning hududiy boshqarma va bo‘limlari tomonidan 18 132 ta kamchiliklar bartaraf qilinib Respublika bo‘ycha 459 ta shoxobchalar faoliyati qayta tiklangan.Respublika bo‘yicha Ijtimoiy soha ob’ektlaridagi isitish qozonlarini kuz-qish davriga tayyorlash hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish yuzasidan qo‘mitaning hududiy boshqarma va bo‘limlari tomonidan Respublika bo‘yicha o‘rganish davrida jami 47 877 ta qozonxonada 68 031 ta qozonlar mavjudligi aniqlandi, 2025 yil oktabr holatiga kura Respublika bo‘yicha Ijtimoiy soha ob’ektlarida foydalanilayotgan 68 031 ta qozonlarning tanlov asosida 6 040 tasi ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rikdan o‘tkazish natijasida foydalanishda bo‘lgan 6 040 ta qozonlardan 5 004 tasida yaniy 83 foizida kamchiliklar aniqlangan, oktabr holatiga ko‘ra Respublika bo‘yicha Ijtimoiy soha ob’ektlaridagi 969 ta qozonlarning kamchiliklar bartaraf qilingan. Sanoat xavfsizligi, liftlar va attraksionlar sohalari bo‘yicha qo‘mitaga 9 oy davomida 4 684 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shulardan 4 033 tasi ijobiy, 84 tasi ko‘rib chiqish jarayonida va 567 ta murojaatlar rad etilgan. Qo‘mitasi xodimlari tomonidan respublikadagi 151 ta madaniyat va istirohat bog‘lari va ko‘ngilochar maskanlarda o‘rnatilgan 1 588 ta attraksionlarning sanoat xavfsizlik talablariga rioya etilishi holati, shuningdek tegishli ruxsatnomalar mavjudligi batafsil o‘rganildi. O‘rganishlar natijasida, respublikadagi bog‘larda o‘rnatilgan 39 ta qo‘lbola (ishlab chiqaruvchi korxona pasporti va birkasi bo‘lmagan) va 128 ta nosoz, ishlashga yaroqsiz holatda bo‘lgan hamda 84 ta ta’mirtalab shuningdek, 181 ta attraksionlarda mavsum oldidan beriladigan ruxsatnomasiz noqonuniy faoliyat olib borayotganligi aniqlandi. Madaniyat va istirohat bog‘larida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida aniqlangan, xavfsizlik qoidalari va talablariga mos bo‘lmagan 149 ta attraksion faoliyati o‘rnatilgan tartibda, kamchiliklarni bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik elektr tarmog‘idan ajratildi. Bundan tashqari, 167 ta qo‘lbola usulda o‘rnatilgan, ya’ni ishlab chiqaruvchi korxona pasporti va birkasi bo‘lmagan hamda yaroqsiz holatda bo‘lgan attraksionlardan 121 ta faoliyati to‘xtatilib, foydalanishdan chiqarildi.
O‘zbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 12 iyulida “Liftlarning xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi va “Liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorlar qabul qilindi. Mazkur Qarorlar bilan liftlarni loyihalash, o‘rnatish va undan xavfsiz foydalanishda iqtisodiy operatorlarning mas’uliyati va javobgarligi belgilash, “bozor nazorati” tizimini joriy etish hamda liftlar muvofiqligini tasdiqlash “modul” tizimi asosida o‘tkazilishi va mahsulot xavfidan kelib chiqib uni tizimli va bosqichli baholab borish mexnazmdlari tartibga solinmoqda. Shuningdek, liftlarning muvofiqligini baholashda eskirgan texnik talablardan voz kechilib, xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan baholash tizimi yaratilmoqda. Ushbu qarorlarda, lift va lift xavfsizlik qurilmalarini loyihalashdan boshlab, o‘rnatish va undan xavfsiz foydalanishda iqtisodiy operatorlarning (ishlab chiqaruvchi, o‘rnatuvchi, vakolatli vakil, import qiluvchi va distribyutor) mas’uliyati va javobgarligi belgilandi. Endilikda liftlarga nisbatan xavfsizlik talablari to‘liq halqaro standartlarga asoslanadi. Ularning muvofiqligini baholash “modul” tizimi asosida tayinlangan (notifikatsiya qilingan) idora tomonidan amalga oshirilishi hamda “milliy muvofiqlik belgisi” bilan tamg‘alash amaliyoti joriy etilishi nazarda tutilgan. Aholi va keng jamoatchilik, ushbu o‘rnatilgan yorliqlar yordamida nosoz yoki xavfli liftlarni oson aniqlab olishlari, zarur hollarda vakolatli nazorat organlariga xabar berishlari mumkin bo‘ladi.O‘tgan davrda tegishli vazirlik idoralar bilan hamkorlikda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat yuritayotgan rentgenologlar ishtirokida 800 dan ortiq profilaktik tadbirlar va o‘quv seminarlari tashkil etildi. O‘tkazilgan tadbirlarda asosiy e’tibor rentgen qurilmalari (uskunalar), ionlashtiruvchi nurlanish manbalari izotoplar, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar xususiyatlari ularning xavfsizlik normalari kabi masalalar ko‘rib chiqilib, sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar va qonunchilik normalarini ham alohida ko‘rgazmali materiallar yordamida tushuntirib berildi. Shu bilan bir qatorda ushbu soxada faoliyat yuritayotgan 230dan ortiq tashkilotlarda radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlanishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazilib, 200 dan ortiq qoidabuzulishlar aniqlandi va javobgar shaxslarga tegishli choralar ko‘rildi. 2025 yil davomida jami 7 ta Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etildi.
