“O‘ZBEK TILI – G‘URURIM, FAXRIM!” SHIORI OSTIDA OMMAVIY DIKTANT
2025-10-24 16:40:00 / Yangiliklar
Sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi va tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘lishi hamda “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan xodimlari orasida “O‘zbek tili – g‘ururim, faxrim!” shiori ostida ommaviy diktant tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tilni mo‘tabar zot-onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini to‘ymasdan yashay olmaydi. Til bor ekan millat barhayot. Shu ma’noda, Ona tilimizning tarixiy ahamiyatini yoritish, davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish hamda xodimlar o‘rtasida ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida tashkil qilingan tadbirda markaziy apparat xodimlarining o‘zbek tili imlo qoidalarini bilishi, husnixati sinovdan o‘tkazildi.






