“ekotizim.cirns.uz” platformasiga kiritilmagan AYQSH tekshirishga tushadi
2025-10-23 20:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 23-oktabr kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xaavfsizligi qoʻmitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan avtomabilga yoqilgʻi quyish (AYQSH) shaxobchalari egalari va foydalanuvchilari ishtirokida sanoat xavfsizligi talablarini ta'minlash yuzasidan tadbirkorlik subyektlari uchun seminar tashkil etildi.

Ayni paytda, poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan avtomabillarga yoqilgʻi quyish shaxobchalarining barcha ekotizim.cirns.uz axborot tizimi orqali roʻyxatga qoʻyilganligidan kelib chiqib, XICHOlariga qonunchilikda belgilangan talablar va korxonada sanoat xavfsizligi talablarini bajarilishida tizimli yangilashlarni doimiy tarzda tahrirlab turilishi, tadbirkorlik subyektlarida oʻtkazilishi mumkin boʻlgan tekshirishlarni oʻtkazilmasligiga (xavf darajasi past korxona) sabab boʻlishi boʻyicha tushuntirishlar berildi.
ESLATMA: “ekotizim.cirns.uz” tizimiga oʼrnatilgan tartibda kiritilmagan avtomabillarga yoqilgʻi quyish shaxobchalari avtomatik tarzda “Xavfni taxlil qilish” tizimiga asosan AYQSH tekshirishga tushadi.









