ekotizim.cirns.uz platformasida ATTRAKSIONLAR HISOBI
2025-10-20 16:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2024 yil 26 dekabrdagi “Attraksionlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni hamda Attraksionlarni hisobga olish va davlat reestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 886–son qarorining belgilingan talablari mazmun moxiyatini tushuntirish, joriy mavsumga tayyorgarlik ko‘rish hamda Qo‘mitaning ekotizim.cirns.uz «Yagona integratsiyalashgan ekotizim» axborot platformasi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bo‘yicha tavsiyalar berilib, bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz xodisalarni oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Ma’lumot uchun: Yunusabad Gallery, Ashxobod saylgoxi,"Gren park", “Aslanxon Guzari”, “Toshkent-Lend”, Samarqand Darvoza, “Furqat bog‘i”, “Markaziy xiyobon” ob’ekti vakillari mazkur seminarga taklif qilinishiga qaramay, o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etmadilar. Ayni paytda, poytaxtimiz hududidagi yuqorida ko‘rsatilgan istirohat bog‘i ma’muriyatiga o‘z tasarrufidagi attraksionlar to‘g‘risida ma’lumotlarni ekotizim.cirns.uz platformasiga joriy yilning 25 oktabriga qadar to‘liq kiritilishi va attraksionlarni belgilangan tartibda hisobga qo‘yish bo‘yicha ogohlantirish xatlari chiqarildi.




