ATOM ELEKTR STANSIYALARIGA LITSENZIYA BERISH VA BAHOLASH
2025-10-20 14:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, “O‘zatom” agentligi, “AES qurilishi direktsiyasi” DUK, Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi mutaxassislari, shuningdek, AEXA, Turkiya va Pokiston ekspertlari qatnashmoqdalar. Tadbir davomida AEXAning yetakchi ekspertlarining ma’ruzalari tinglanmoqda hamda ishtirokchilar tegishli taqdimotlar tinglash va savol-javoblar berish orqali atom elektr stansiyalariga litsenziya berish uchun tartibga soluvchi organ tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish va baholashni tashkil etish bo‘yicha AEXA va boshqa davlatlar tajribasi bo‘yicha o‘z bilimlarini musatahkamalashmoqda. Tadbir 23-oktabrgacha davom etib, ishtirokchilarga mazkur sohadagi so‘nggi yutuqlar, shuningdek, AEXAning litsenziya talablari, samarali baholash tizimi bo‘yicha AEXA va boshqa davlatlar tajribasi bilan tanishish, ushbu soxadagi ilg‘or tajribalar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot almashish imkonini beradi.




