XXIV-MINTAQAVIY STRATEGIK MUVOFIQLASHTIRUVCHI YIG‘ILISH
2025-10-13 14:20:00 / Yangiliklar
Markaziy Osiyoning milliy koordinatorlari uchun Yevropa Ittifoqining kimyoviy, biologik, radiologik va yadro masalalari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlari tashabbusi doirasida Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida 2025-yil 13-oktabr kuni 24-mintaqaviy strategik muvofiqlashtiruvchi yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Tadbirda milliy ma‘ruza bilan Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining Kimyoviy va bakteriologik qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Kasimov ishtirok etmoqda. Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jinoyatchilik va Adliya sohasidagi Mintaqalararo Tadqiqot Instituti ko‘magida tashkillashtirildi. Tadbir joriy yilning 14-oktabr kunigacha davom etadi.



