URAN RUDASINI QAZIB OLISH VA QAYTA ISHLASH METODOLOGIYASI
2025-10-13 16:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vizirligi, Navoiyuran davlat korxonasi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, shuningdek, Armeniya, Bolgariya, Kanada, Xitoy va boshqa davlatlar mutaxassislar qatnashmoqdalar. Tadbir davomida AEXAning yetakchi ekspertlarining ma’ruzalari tinglanmoqda hamda ishtirokchilar tegishli ma’lumotlar olish orqali qumtoshli turdagi uran konlarini izlash va qazib olish sohasidagi yutuqlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘z bilimlarini musatahkamalashmoqda.
Tadbir 17-oktabrgacha davom etib, ishtirokchilarga mazkur sohadagi so‘nggi yutuqlar, shuningdek, uran rudasini qazib olish va qayta ishlash metodologiyasidagi ilg‘or tajribalar, so‘ngi ma’lumotlar bilan almashish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ushbu sohadagi tajriba bilan bo‘lishish imkonini beradi.






