IKKINCHI AES QURILIShI
2025-10-02 09:00:00 / Yangiliklar
Atom elektr stansiyasini qurish uchun ikkinchi joy sifatida Olmaota viloyatining Jambil tumani tanlandi.

Bu haqda Qozog‘iston Atom energiyasi agentligi rahbari Almasadam Satqaliev bugun, 1 oktabr kuni parlamentning quyi palatasi majlisi chog‘ida ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, ikkinchi stansiya “mamlakat janubida ham bo‘ladi”, chunki Qozog‘iston janubida energiya tanqisligi mavjud. “Hozirda elektr energiyasi “Shimol-Janub” tranzit liniyasi orqali uzatilmoqda. Bu energiya ta’minoti barqarorligi va ishonchliligini yaratadi”, degan agentlik rahbari. Olmaota viloyatining Jambil tumanidagi Ulken qishlog‘i Toshkentdan 550 km, uzoqlikda joylashgan.
