69-BOSh KONFERENSIYA DOIRASIDA IKKI TOMONLAMA UCHRASHUVLAR
2025-09-18 14:00:00 / Yangiliklar

Jumladan: “UJD” Slovakiya tartibga solish organi rahbari M.Jakova bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Qo‘mita xodimlarining Slovakiya tartibga solish organida tajriba o‘tash va mavjud va qurilayotgan atom elektr stansiyalariga tashrifini amalga oshirish, tajriba almashish bo‘yicha qo‘shma vebinar va treninglar o‘tkazish, normativ hujjatlar ishlab chiqishda hamkorlik hamda Texnik qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari (radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi) o‘rtasidagi hamkorlik va texnik jihozlash tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. “UJD” Slovakiya tartibga solish organi rahbari M.Jakova uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston Respublikasiga yadroviy infratuzilmani rivojlantirish va ushbu sohada hamkorlikdagi barcha say-harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.
“HAEA” Vengriya tartibga solish organi rahbari A.Beatris bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Qo‘mita xodimlarining Vengriya tartibga solish organida tajriba o‘tash va mavjud va qurilayotgan atom elektr stansiyasiga tashrifi, tajriba almashish bo‘yicha qo‘shma vebinarlar va treninglar o‘tkazish, normativ hujjatlarni ishlab chiqishda hamkorlik va Texnik qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari (radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi) o‘rtasidagi hamkorlik va texnik jihozlash tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida A.Beatris O‘zbekiston delegatsiyasining taklif va tashabbuslarini doimo mamnuniyat bilan tinglashga, konstruktiv muloqotni davom ettirishga va o‘z vakolatlari doirasida har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.
“Rostexnadzor” Rossiya Federatsiyasi rahbari A.Trembiskiy bilan 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha tasdiqlangan Qo‘shma harakatlar rejasi, uning bajarilishini ta’minlash, rejani amalga oshirish uchun mas’ul koordinatorlarni tayinlash, Texnik qo‘llab - quvvatlash tashkilotlari (radiatsiya va yadro xavfsizligi Davlat ilmiy-texnik markazi) o‘rtasidagi hamkorlik-shartnomalarini imzolash bo‘yicha keyingi harakatlar muhokamasi, laboratoriyalarni texnik jihozlash tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida A.Trembiskiy O‘zbekiston va Rossiya radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish organlari o‘rtasidagi hamkorlik jadal rivojlanayotgani va mustahkamlanayotganini ta’kidladi.
“NDK”(Turkiya tartibga solish organi rahbari o‘rinbosari I.Xalil Dere bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Qo‘mita xodimlarini Turkiyada AEXA milliy loyihasi doirasida amaliyot o‘tashi va qurilayotgan Akkuyu AESiga tashriflar, tajriba almashish bo‘yicha qo‘shma vebinar va treninglar o‘tkazish, normativ hujjatlarni ishlab chiqishda hamkorlik, Texnik qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari (radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi) o‘rtasidagi hamkorlik va texnik jihozlash tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. “NDK” Turkiya tartibga solish organi rahbari o‘rinbosari I.Xalil Dere tomonidan O‘zbekistonga muayyan rivojlanishda ko‘maklashishini va eng ilg‘or tajribalar bilan bo‘lishishini ham ta’kidladi.
“PNRA” Pokiston tartibga solish organi maslahatchisi Ziya Shox Xuseyn bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, Qo‘mita xodimlarining Pokistonda malaka oshirish hamda mavjud va qurilayotgan atom elektr stansiyalariga amaliy tashriflarni amalga oshirish, tajriba almashish bo‘yicha qo‘shma vebinarlar va treninglar o‘tkazish, normativ hujjatlarni ishlab chiqishda hamkorlik, Ilmiy-texnik qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston — Pokiston munosabatlari yangi sur’at bilan rivojlanib borayotgani, ayniqsa, ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqqani alohida qayd etildi.
“ANRS” Gruziya tartibga solish organi rahbari N.Utiashvili bilan ikki tomonlama hamkorlik Memorandumini tuzish, Gruziya radioaktiv chiqindilar operatorining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti qoshidagi Radioaktiv chiqindilarni ko‘mish respublika punkti bilan hamkorlik va radioaktiv chiqindilarni boshqarish tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar ikki idora o‘rtasidagi munosabat va amaliy hamkorlikni har tomonlama mustahkamlashda mavjud imkoniyatlardan keng foydalanishga kelishib oldilar.




