KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA “HALOLLIK VAKSINASI”
2025-09-16 12:00:00 / Yangiliklar

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi, Toshkent Davlat yuridik universiteti mutaxassis va o‘qtuvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Tadbirda ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi (2022–2026 yy.)da ham korrupsiyaga qarshi kurashish ustuvor vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, xususan, davlat organlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlash va ularni tizimli ravishda bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Seminarda, shuningdek, xalqaro tajriba va huquqiy asoslar, shu jumladan BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi korrupsiyaga qarshi konvensiyalar, xorijiy mamlakatlar amaliyoti, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning normativ-huquqiy bazasi va tashkilotchilik-institutsional tizimi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilarga sanoat xavfsizligi sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsion xavflar, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari va ularning oldini olish mexanizmlari xususida ham atroflicha fikr almashildi. Shungdek, o‘quv seminar davomida quyidagi asosiy huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi: O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarori. Shuningdek, seminarda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Seminar yakunida esa davlat xizmatchilari faoliyatida bunday salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. O‘quv seminar davomida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan hamda ish faoliyatida yuzaga kelayotgan holatlar yuzasidan nazariy va amaliy savollarga javoblar oldi va o‘z bilimlarini yanada chuqurlashtirib, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.






