XALQARO ATOM ENERGIYASI AGENTLIGI BILAN HAMKORLIK
2025-09-16 18:55:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli sohalarida, jumladan, energetika, tibbiyot va qishloq xo‘jaligida yadro texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha erishilgan natijalar, amalga oshirilayotgan ishlar va rejalarni muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro agentlik vakillari O‘zbekiston yadro dasturini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishganini hamda mamlakatimiz Hukumatining atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanishni kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan faol ishtirokini ta’kidlab o‘tishdi. Uchrashuv O‘zbekiston va XAEA o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashish bilan yakunlandi. Tomonlar barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida yadro texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan muloqotni davom ettirish va loyihalar ustida birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini tasdiqlab, atom energiyasidan foydalanish xavfsizligi va samaradorligini ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalar joriy etilishini bildirishdi.



