O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI AVSTRIYADA
2025-09-15 17:20:00 / Yangiliklar

Konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasidan delegatlar, jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, Energetika vazirligi, "O‘zatom" agentligi va boshqa tashkilot vakillari ishtirok etishmoqda. 170 dan ortiq a’zo davlat vakillari ishtirok etayotgan anjumanda Agentlik faoliyatining asosiy masalalari, jumladan, 2024 yilga mo‘ljallangan yillik hisobot, 2026 yilga mo‘ljallangan budjet, yadro fani va texnologiyasini rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, global yadro xavfsizligi masalalari muhokama qilinmoqda. Mazkur tadbirda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov ham qatnashyapti. Konferensiya doirasida yadro energetikasi va xavfsizligi sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilish maqsadida delegatsiya XAEAning asosiy rahbarlari, jumladan, bosh direktor o‘rinbosari Lyu Xua bilan XAEAning O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan milliy loyihalari xolati, mavjud muammoli masalalar va ularning o‘zaro maqbul yechimlarini ishlab chiqish uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, XAEA o‘rinbosari M.Apparo, M.Chudakov, K.Ervyu hamda xorij mamlakatlari tartibga solish organlari “Rostexnaldzor” (Rossiya Federatsiyasi), “NDK” (Turkiya), “UJD” (Slovakiya), “PNRA” (Pokiston), “ANRS” (Gruziya), “HAEA” (Vengriya) rahbarlari bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan uchrashuvlar belgilangan.






