KBRYA XAVFSIZLIGI BO‘YICHA DALА MASHQLARI SAMARQANDDA START OLDI
2025-08-25 16:20:00 / Yangiliklar
2025-yil 25-avgust kuni Samarqand shahrida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi boshchiligida Kimyoviy, biologik, radiatsion va yadro (KBRYA) xavfsizligiga bag‘ishlangan tayyorgarlik bo‘yicha mintaqaviy dala mashqlari tashkil etilib, rasmiy start berildi.

Mazkur mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan Yevropa Ittifoqining “Kimyoviy, biologik, radiatsion va yadro xavfsizligining dala mashqlari” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Dala mashqlarining asosiy maqsadi – vazirlik va idoralarning kuch va vositalarining, shuningdek, radiologik va kimyoviy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha tayyorgarlik darajasi va javob qaytarish qobiliyatini oshirishdan iborat.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Yevropa Ittifoqining ushbu loyihasi bilan hamkorlikda mashqlarni amalga oshirmoqda. Tadbir 29-avgust kuniga qadar davom etadi.


