KOMPLAENS-NAZORAT: KORRUPSIYAGA QARSHI SAMARALI MEXANIZM
2025-08-21 17:00:00 / Yangiliklar

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, korrupsiyaga qarshi kurashishda uning oqibatlari bilan emas, balki sabablari va sharoitlarini bartaraf etish samaraliroq hisoblanadi. Aynan komplaens-nazorat xizmati shunday mexanizm bo‘lib xizmat qiladi.
2025-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Prezident raisligidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari (komplaens) faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan intensiv o‘quv kurslari boshlandi.
Mazkur kurslarda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi komplaens-nazorat xizmati rahbari Sh. Sattorov ham ishtirok etmoqda. Tadbirda ta’kidlanganidek, yangi yondashuvga ko‘ra, komplaens bo‘linmalari endi faqat rasmiy vazifa emas, balki davlat tizimlariga halollik va shaffoflik tamoyillarini amalda joriy etuvchi samarali vosita sifatida faoliyat yuritadi.
Ishtirokchilar xorijiy tajribaga asoslangan mashg‘ulotlarda manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, davlat xizmatchilarining korrupsiya xavf-xatarlariga bardoshliligini baholash va ularni kamaytirish usullarini o‘rganmoqdalar.



