QOZOG‘ISTONDA BIRINCHI ATOM ELEKTR STANSIYASI QURILISHIGA START BERILDI
2025-08-09 14:00:00 / Yangiliklar
Qozog‘iston Atom energetikasi agentligi raisi Almasadam Satqaliyev va “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachyov mamlakatdagi birinchi atom elektr stansiyasi qurilishiga start berdi. Bu haqda “Tengrinews” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, AES qurilish ishlari Olmaota viloyatida boshlanadi. “AES bu strategik loyiha bo‘lib, u atom sanoati rivojlanishining, sanoat va innovatsion taraqqiyotning hamda uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi”, – dedi A. Satqaliyev. Loyihaning umumiy qiymati taxminan 14–15 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Shuningdek, qo‘shimcha ravishda 1 milliard dollar ijtimoiy ob’ektlar va infratuzilma qurilishiga yo‘naltirilishi belgilangan. AES qurilishi 2035–2036 yillarda yakunlanishi rejalashtirilgan.
