ATTRAKSION BUZILIB, YERGA QULAGAN
2025-07-31 16:20:00 / Yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonidagi istirohat bog‘larining birida “360 daraja” attraksioni tayanch strukturasi sinib ketishi oqibatida yerga qulagani xususida xabarlar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Toif shahrida yuz bergan. Bir guruh qizlar ikki tomonga tebranuvchi attraksionda uchayotgan bo‘lgan. Voqea joyidan olingan kadrlarda “mayatnik” balandlikka ko‘tarilib, pastga harakatlana boshlagani, biroq qulab tushgani ko‘rinadi. Oqibatda 23 kishi jarohat olgan. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mamlakatmiz hududidagi madaniyat va istirohat bog‘lari hamda ko‘ngilochar maskanlarda o‘rnatilgan va foydalinayotgan texnik nosoz va shubhali attraksionlarga duch kelsangiz “attraksion_nazorati” elektron mobil platformasi va Qo‘mitaning quyidagi 71 203-02-39 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
