RADIATSIYAVIY OB’EKTLAR VA MANBALARNI SAMARALI TARTIBGA SOLISH
2025-06-24 17:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining “Counterpart” loyiha muvofiqlashtiruvchisi, “NLA” milliy muvofiqlashtiruvchi yordamchisi, xalqaro hamkorlik bo‘yicha va boshqa mutaxassislar qatnashmoqdalar. Tadbir davomida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) Xavfsizlik departamenti, mamlakat bo‘yicha Texnik ofitseri Ugur Bezdegumelining takliflari tinglanmoqda hamda ishtirokchilar tegishli taklif va fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda loyihaning keyingi bosqichlarini belgilab olishmoqda. Mazkur tadbir Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining Radiatsiyaviy ob’ektlar va manbalarni samarali tartibga solish va nazorat qilish uchun normativ-huquqiy baza va infratuzilmani mustahkamlash bo‘yicha loyihani amalga oshirish, shuningdek, AEXA ko‘rsatmalari va tajribasi bilan tanishish, ushbu soxadagi ilg‘or takliflar, muammolar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot almashish imkonini beradi.


