YANGI-ANGREN ISSIQLIK ELEKTR STANSIYASIDA SANOAT XAVFSIZLIGI
2025-06-18 18:20:00 / Yangiliklar

Tadbirda qo‘mita Toshkent viloyat hududiy boshqarma boshlig‘i Rustam Yusupov yig‘ilganlarga Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan sohaga doyir qabul qilgan hujjatlari, sanoat xavfsizligi bo‘yicha amaliyotgan joriy qilingan tartib va qoidalar, shuningdek, so‘ng vaqtda qo‘mita faoliyatini yangi darajaga olib chiqish va sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish maqsadida sanoat xavfsizligi yo‘nalishlari raqamlashtirish borasida “ekotizim” joriy etilayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. Seminarda Yangi-Angren IESning energouskunalarni 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlashda sanoat xavfsizligiga alohida e’tibor berilshi, belgilangan talab va me’yorlar hamda qoidalarga to‘liq amal qilish borasida eslatma va tushuntirishlar berildi. Seminarda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Boshqaruvi a’zolari, Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasining mehnatni muhofaza qilish sohasi vakillari hamda elektr stansiyalari va markazlarining mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislaridan iborat 150 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Ushbu seminar ikki bosqichda o‘tkazildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilarga ishlab chiqarishda sanoat xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etish, mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari, ish joyida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar haqida nazariy ma’lumotlar taqdim etildi. Seminarning ikkinchi — amaliy qismi ko‘rgazmali shaklda o‘quv mashg‘ulotlari tarzida o‘tkazildi.




