TAHDIDLARNI BAHOLASH VA LOYIHA TAHDIDI MEZONLARI
2025-06-16 16:20:00 / Yangiliklar

Tadbirning maqsadi – milliy yadro xavfsizligiga tahdidlarni baholash metodologiyasini, shu jumladan loyiha tahdidlarini ishlab chiqish, ulardan foydalanish va saqlashni hisobga olish usullarini taqdim etishdan iborat. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash, Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Bojxona qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti hamda “O‘zatom” agentligidan ishtirokchilar qatnashmoqdalar. Tadbir davomida Rossiya Federatsiyasi va Slovakiyaning yetakchi ekspertlarining ma’ruzalari tinglanmoqda hamda ishtirokchilar tegishli mashg‘ulotlarni bajarish orqali Tahdidlarni baholash va loyiha tahdidi mezonlari bo‘yicha o‘z bilimlarini musatahkamalashmoqda. Mazkur tadbir AEXA a’zo mamlakatlari hamda respublikamiz vazirlik va idoralari mutaxassislarining Tahdidlarni baholash va loyiha tahdidi mezonlarini ishlab chiqishdagi so‘nggi yutuqlar, shuningdek, yangilangan AEXA ko‘rsatmalari, Tahdidlarni baholash bo‘yicha AEXA tashkiloti va boshqa davlatlar tajribasi bilan tanishish, ushbu soxadagi ilg‘or tajribalar, muammolar va imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot almashish imkonini beradi.




