ATOM ELEKTR STANSIYASI REAKTORI UCHUN PO‘LAT ASOS PRESS-TUR
2025-06-13 12:50:00 / Yangiliklar
Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrining Kolpino rayonidagi Kolpino shahriga “O‘zbekistonda barpo etiladigan kichik quvvatli atom elektr stansiyasi reaktori uchun quyiladigan po‘latga ishlov berish jarayonlari” mavzusida press-tur o‘tkazildi.

Atom energiyasi bo‘yicha davlat korporatsiyasi – «Rosatom” tashabbusi bilan tashkil etilgan press-turda korporatsiyaning qator sohalari mutasaddi va mas’ullari, O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Press-tur davomida “Rosatom” loyihalari, xususan, Rossiya texnologiyasi asosida mamlakatimizda – Jizzax viloyatida barpo etiladigan kichik quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi haqida ma’lumotlar berildi, korporatsiyaning mashinasozlik divizioni texnik imkoniyatlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, “Rosatom” tasarrufidagi “AEM-Spesstal” ishlab chiqarish kompleksi hamda “Ijora” zavodi sexlaridagi ish jarayonlari bilan tanishildi.









