MUNOSABAT
2025-06-03 14:10:00 / Yangiliklar

Mazkur videolavhada Toshkent shahar, Yashnabod tumani, “Katta qo‘yliq” MFY 4-ko‘p qavatli uyning 2-pod’ezdida, o‘tgan asrning 90-yillarida o‘rnatilgan liftning ma’nan eskirib, nosoz holga kelib, undan foydalanishda noqulayliklar bo‘layotganligi to‘g‘risida ushbu ko‘p qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolarning arz va murojaatlari aks etgan. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan mazkur holat joyiga chiqib o‘rganildi hamda ushbu ko‘p qavatli uy uchun tasdiqlangan Dastur doirasida yangi zamonaviy lift ajratilishida amaliy yordam berilib, “Katta qo‘yliq” MFY 4-ko‘p qavatli uy manziliga lift uskunasi olib kelindi. Liftning belgilangan me’yorlarga asosan foydalanish uchun xavfsiz o‘rnatilishi alohida nazoratga olindi.






