KIMYOVIY, BIOLOGIK, RADIOLOGIK VA YADROVIY XAVFSIZLIK
2025-05-28 14:00:00 / Yangiliklar

Bu borada, Yevropa Ittifoqining “Muhim infratuzilmada KBRYA xavfsizligini taʼminlash” 101-son mintaqaviy loyihasi amalga oshirilib, joriy yilning 26 va 29 may kunlari Toshkent shahrida loyihani amalga oshiruvchi Xalqaro ilmiy-texnik markazining (Qozog‘iston) tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir davomida loyiha hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi vakili bilan ham ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Maqsad: loyiha to‘g‘risida batafsil maʼlumot taqdim etish, muhim infratuzilmalarda KBRYA xavfsizligini taʼminlash asoslari bilan tanishtirish.
Shuningdek, 27-28 may kunlari "Navoiazot" AJ ga tanishuv tashrifi ham amalga oshirilmoqda. Unda, loyiha doirasida jamiyatning ehtiyojlari va kelajakdagi hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda. Jamiyatning raisi F.Samadov bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirlar dastur doirasida joriy yilning 29-may kuniga qadar davom etadi.







