"KIMYOVIY XAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDA"GI QONUN LOYIHASI
2025-05-22 14:20:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 21-22-may kunlari Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqining kimyoviy, biologik, radiologik va yadroviy ilg‘or tajriba markazlari bo‘yicha tashabbusini samarali amalga oshirish bo‘yicha milliy ishchi guruhining birinchi idoralararo yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va joriy yilning 22 may kuni o‘z ishini muvaffaqiyatli tugatdi.

Tadbir davomida ishchi gurux aʼzolari Tashabbus faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Shuningdek, ishchi gurux tarkibiga kiruvchi tegishli vazirlik va idoralarga "Kimyoviy xavfsizlik to‘g‘risida"gi qonun loyihasini kelishish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.






