ATOM ENERGETIKASI XALQARO AGENTLIGI BILAN TEXNIK HAMKORLIK
2025-05-16 11:20:00 / Yangiliklar
2025-yil 14-16 may kunlari Samarqand shahridagi “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasida Atom Energetikasi Xalqaro Agentligi (AEXA) bilan hamkorlikda texnik hamkorlik dasturlari bo‘yicha milliy muvofiqlashtirish yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mezbonlik qildi.

Yig‘ilishda AEXAning texnik hamkorlik dasturlari doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari, mavjud imkoniyatlar va kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi — AEXA bilan hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va barqaror rivojlanishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda AEXAning rasmiy vakili Eve-Kulli Kala, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardorbek Yakubekov, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarning mutasaddilari, hamda 33 davlatdan milliy muvofiqlashtiruvchi vakillar (NLO – National Liaison Officers) ishtirok etdi.







