SANOAT XAVFSIZLIGI BO‘YICHA XITOY TAJRIBASI
2025-05-14 16:00:00 / Yangiliklar

Tadbir kun tartibi dasturi doirasida “Bir belbog‘, bir yo‘l” tashabbusi, Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, Xitoyning sanoat xavfsiligi hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohasida erishgan yutuqlari va Sanoat xavfsizligi qonunchiligi, nazorat tizimi hamda sohadagi tekshiruv tizimi bilan tanishish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda qo‘mita tashabbusi va ijrosida “Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri bo‘yicha ishlanayotganligidan kelib chiqib, mazkur qonun bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish hamda qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, tashrif dasturi doirasida sanoat xavfsizligi tizimi bilan tanishish maqsadida Chendou shahriga tashrif buyurish, mazkur sohada hamkorlik o‘rnatish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Tadbir joriy yilning 27-mayiga qadar davom etadi.


