RADIOAKTIV MODDALAR XAVFSIZLIGI
2025-05-12 14:00:00 / Yangiliklar
2025-yilning 12–16-may kunlari Avstriyaning Vena shahrida joylashgan Xalqaro atom energiyasi bo‘yicha agentlik (XAEA) bosh qarorgohida radioaktiv moddalar xavfsizligi bo‘yicha Ishchi guruhning o‘n uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizlgi qo‘mitasining radiatsiya va yadro xavfsizlgi departamenti rahbar va mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Tadbirning maqsadi — radioaktiv moddalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha MAGATEning faoliyati yuzasidan axborot almashish, shuningdek, ushbu sohadagi huquqiy-tartibga soluvchi masalalar, uchraydigan muammolar va ularni hal etish bo‘yicha amaliy tajriba bilan o‘rtoqlashishdan iborat. Yig‘ilishda 60 dan ortiq davlatdan mutaxassislar ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida radioaktiv moddalarni tashish, saqlash va qo‘llash jarayonlarida xavfsizlik choralarini ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining mas’ul xodimi mazkur tadbirda ishtirok etmoqda.



