O‘ZBEKISTON VA YEVROPA ITTIFOQI HAMKORLIGI
2025-04-02 17:00:00 / Yangiliklar

2025 yil 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning so‘nggi 8 yil ichida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdo va investitsiyaviy hamkorligi dinamikasini aks ettiruvchi infografikalarni (https://t.me/reviewuznews/7219) tayyorladi.
✅2017-2024 yillar davomida O‘zbekistonning YeI mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi 2,4 barobar - 2,6 mlrd dollardan 6,4 mlrd dollargacha o‘sdi.
🔵 2024 yilda eksport hajmi 26,9%ga o‘sdi (2023 yilga nisbatan)
🔵 2024 yilda import hajmi o‘zgarishsiz qoldi.
✅ YeI mamlakatlari O‘zbekistonga sanoatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan «dastgohlar, asbob-uskunalar va transport vositalari», kimyo moddalar va boshqa mahsulotlarning asosiy yetkazib beruvchilaridan hisoblanadi.
✅ O‘zbekistonda YeI mamlakatlari kapitali ishtirokidagi mingga yaqin korxona
✅ 2017-2024 yillar davomida YeI mamlakatlaridan (jumladan, YeI moliya tashkilotlaridan) jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlarning umumiy hajmi 12,4 mlrd dollarni tashkil etdi.

