SPORT – SOG‘LOM HAYOT GAROVI
2025-02-24 17:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 21-23-fevral kunlari Sport vazirligi tomonidan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Quyoshli” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Chimgan Challenge – 2025” qishki sport festivali tashkil etildi. Unda respublikamizdagi vazirliklar, idora va tashkilotlarining 150 nafardan ortiq sport targ‘ibotchilari ishtirok etishdi. Festival doirasida “Vazirlik, idora va tashkilotlar o‘trtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi” yuzasidan o‘quv seminarlari hamda voleybol, basketbol, stritbol, stol tennisi kabi sport turlaridan sport musobaqalari tashkil etildi. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi sport targ‘ibotchilari Nafisa Turdieva, Gulnora Murodova va boshqa faol ishtirokchilar mazkur sport tadbirida tashkil etilgan voleybol musobaqasida faxrli o‘rinlarni egallashdi. Tashkilotchilar tomonidan festival doirasida o‘tkazilgan musobaqalarda faol ishtirok etgan vazirlik va idoralarning g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.




