BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ
2024-10-09 15:05:00 / Yangiliklar

Hurmatli hamkasblar va qadrli fuqarolar, tadbirkorlar!
Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan eng xavfli illatligi xammamizga malum. Shu bois korrupsiyaga qarshi kurash dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylangan. Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, jamiyatning barcha sohalarida korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan ushbu islohotlar doirasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Azizlar! Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, jamiyatimizning barcha a’zolari “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Shuning uchun barchamiz bugungi tinchlik-osoyishtalik hukm surgan yurtimizda adolat tamoyillari asosida halol mehnat qilishimiz zarur va shart. Zero, har birimiz umid bildirgan kelajak davomchilarimiz faqat va faqat amallarimizdan andoza oladi.
Biz mazkur murojaat bilan Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tizimida manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsion holatlar kuzatilganda yoki shubha tug‘diruvchi va noqonuniy holatlar yuz berganida aloqa kanallarimiz orqali murojaat qilishga chaqirib qolamiz.
Unutmang, murojaatingiz maxfiyligi kafolatlanadi!
Hurmat bilan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi
