🇺🇿🇧🇾 O‘zbekiston va Belarus: Yadro xavfsizligi sohasida ilmiy hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-05-07 18:30:00 / Yangiliklar

Ikki kunlik amaliy tashrif davomida tomonlar yadro xavfsizligini ta'minlash va ilmiy-texnik ko'mak ko'rsatish sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Tashrif doirasida quyidagi masalalar diqqat markazida bo'ldi:
🔹 Xorijiy tajriba va texnologiyalar: Dastlabki kunda Belarus delegatsiyasi o‘z tashkilotining faoliyati hamda Belarus Davlat atom nazorati organiga (Gosatomnadzor) ilmiy-texnik qo‘llab-quvvatlash ko'rsatish tizimi bo'yicha taqdimot o'tkazdi. Shuningdek, yadroviy jarayonlarni modellashtirish va tahlil qilish imkonini beruvchi “RADUGA-EU” dasturiy majmuasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
🔹 Chuqurlashtirilgan tahlillar: Uchrashuvning ikkinchi kuni mutaxassislar o'rtasida tor doiradagi muhokamalarga bag'ishlandi. Unda xavfsizlik ekspertizasini o'tkazish tartiblari, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, obektlar xavfsizligini deterministik va ehtimoliy tahlil qilish masalalari yuzasidan batafsil tajriba almashildi.
🔹Uchrashuv yakunida Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida Markaz va BDU YaMITM o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida ikki tomonlama bitim imzolandi. Ushbu hujjat ikkala tashkilotning mutaxassislari o‘rtasida bilim va tajriba almashinuvini yaratadi hamda O‘zbekistonning yadro energetikasini rivojlantirish yo‘lidagi texnik salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-yanvardagi 27-son qarori ijrosini ta'minlash, jumladan, yangi tashkil etilgan Ilmiy-texnik markaz faoliyatini xalqaro standartlar asosida yo'lga qo'yish va xorijiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.
🤝 Ilg'or xalqaro tajriba — mamlakatimizda yadro xavfsizligi kafolatini oshirishning muhim omilidir.
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati




