📚 BILASIZMI? | O'RQ-57 | 18-MODDA
2026-05-04 09:00:00 / Yangiliklar
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilishi va amalga oshirishi shart.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratining tashkil qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus vakolatli davlat organiga yoki sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilikka muvofiq ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlariga taqdim etiladi.

🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
