Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasida yadro xavfsizligi sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
2026-04-13 16:00:00 / Yangiliklar

⚛️ FIRST dasturi doirasidagi hamkorlik
Uchrashuv davomida “Kichik modulli reaktor texnologiyasidan masʼuliyatli foydalanish uchun fundamental infratuzilma” (FIRST) dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
📊 Delegatsiya aʼzosi, FIRST dasturi rahbari L. Denlinger tomonidan taʼkidlanganidek, AQShning NUMARK kompaniyasi tomonidan Qoʻmita xodimlari uchun tashkil etilgan onlayn oʻquv kurslari muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
_________
📚 Normativ-huquqiy bazani mustahkamlash
Dasturning ikkinchi bosqichida:
• amaldagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar asosida tahlil qilish
• yangi ishlab chiqilayotgan hujjatlarni takomillashtirish
• xavfsizlikni tartibga solish tizimini kuchaytirish
boʻyicha hamkorlikni davom ettirish rejalashtirilayotgani qayd etildi.
______
🌐 Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish
K. Klayn tomonidan:
• atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni tartibga solish sohasida
• ikki davlat vakolatli organlari oʻrtasida Anglashuv memorandumi tayyorlanayotgani
yuqori baholandi.
🤝 Shuningdek, AQSh tomoni zamonaviy kichik modulli reaktor texnologiyalaridan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.
_________
Aytish mumkinki, mazkur uchrashuv mamlakatimizda yadro xavfsizligi sohasida xalqaro hamkorlik toboro kengayib borayotgani fonida, zamonaviy texnologiyalarni joriy etilishi va milliy normativ bazani xalqaro standartlarga moslashtirish yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻldi.
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati


