🚨 DIQQAT: ATRAKSIONLARDAGI TEXNIK NOSOZLIK — HAYOT UCHUN XAVF!
2026-04-08 10:00:00 / Yangiliklar

📍 Voqea Kushinagar okrugining Bhainsaha qishlog‘ida, ibodatxona hududida o‘tkazilayotgan an’anaviy yarmarka vaqtida sodir bo‘lgan. Avariya paytida attraksionda o‘nlab odamlar, jumladan ayollar va bolalar bo‘lgan.
🎥 Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, kabinalarda 80 nafargacha odam bo‘lishi mumkin edi. Qulashdan oldin konstruktsiya g‘ichirlagan ovoz chiqargan va ehtimol tayanch qismlaridan biri sinib ketgan.
⚠️ Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, attraksiondagi muammolar avval ham aniqlangan, biroq uning ishlatilishi davom ettirilgan. “Hozirda vakolatli organlar tomonidan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda” - deya xabar bermoqda INDEPENDENT elektron nashri (https://www.independent.co.uk/asia/india/ferris-wheel-collapse-uttar-pradesh-india-b2952320.html).
________________________________________
🛡 XAVFSIZLIK — HAR BIRIMIZNING MAS’ULIYATIMIZ!
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi fuqarolarni hushyorlikka chaqiradi:
❗️ Agar siz madaniyat va istirohat bog‘lari hamda ko‘ngilochar maskanlarda
⚙️ texnik nosoz
⚠️ shubhali yoki xavf tug‘diruvchi attraksionlarga duch kelsangiz,
📲 “attraksion_nazorati” elektron platformasi orqali
yoki ☎️ 71 203-02-39 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
________________________________________
✅ Esda tuting:
Birgina e’tiborsizlik — katta fojialarga sabab bo‘lishi mumkin.
Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish — hayotingizni asraydi!
🌐 Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati
