SANOAT XAVFSIZLIGI BO'YICHA TADBIRKOR BILAN UCHRASHUV
2026-02-27 12:00:00 / Yangiliklar
Joriy yil 26-fevral kuni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi tashabbusi bilan Qo'mita raisining birinchi o'rinbosari A.I.Isoqjonov boshchiligida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv Urganch shahrida joylashgan “URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI DAVLAT MUASSASASI”ning “Madaniyat saroyi”da O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi “Tadbirkorlik sub'ektlariga davlat, professional, konsalting, moliya, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks ko'rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori ijrosini amalga oshirish yuzasidan sayyor yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda, Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etishdi. Tadbir sanoat xavfsizligi bo'yicha tadbirkorlik sub'ektlari obyektlarining mavjud muammoli masalalari yechimiga qaratildi.









