YADROVIY XAVFSIZLIK BO‘YICHA MALAKA OSHIRILDI
2026-02-18 14:20:00 / Yangiliklar

Dastur doirasida ishtirokchilar yadroviy va radiatsion xavfsizlikni boshqarishda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillar asosida yetakchilik kompetensiyalarini rivojlantirdilar. O‘quv jarayoni xavfsizlik madaniyati (safety culture), himoya va optimallashtirish tamoyillari, riskga asoslangan boshqaruv (risk-informed decision making) hamda himoya choralarini optimallashtirish konsepsiyalari bilan uyg‘un holda tashkil etildi. Tinglovchilar mudofaa chuqurligi (defence-in-depth) yondashuvi, xavfsizlikni boshqarish tizimlari (safety management systems), radiatsion risklarni baholash va boshqarish, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va javob choralarini rejalashtirish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni egalladilar.
Shuningdek, dastur doirasida xalqaro standartlar asosida samarali boshqaruv, regulyator qarorlar qabul qilish jarayonlari, manfaatdor tomonlar bilan samarali kommunikatsiya, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilg‘or ko‘nikmalar shakllantirildi. Ishtirokchilar radiatsion himoya tizimlarida doza cheklovlari, asoslash va optimallashtirish yondashuvlari, xavfsizlik samaradorligini monitoring qilish hamda doimiy takomillashtirish jarayonlarini qo‘llash bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega bo‘ldilar.
ELSE dasturi tinglovchilari Fransiya Respublikasining IDEX, Université Côte d’Azur tomonidan berilgan magistr darajasiga tenglashtirilgan universitet diplomiga ega bo‘ldilar.




